Fattohxon Mamadaliev

Qo`shiqchi, Bastakor
Fattohxon Mamadaliev
Tavallud sanasi:
25.08/1923
Vafot sanasi:
3.04.1999

Bastakor, hofiz va pedagog,Toshkent Davlat konservatoriyasida ustoz-murabbiy sifatida qizg’in faoliyat ko’rsatgan. Ilmiy-uslubiy asarlar yaratib, «Sharq, o’zbek sozlarining sozlanishi», «Aruz, zarb va musiqa mutanosibligi» kabi o’nlab maqolalar yozdi. O’zbekiston Teleradiokompaniyasi qoshidagi maqomchilar ansamblida maslahatchi sifatida ishlagan faoliyat ko’rsatgan.

Bastakor, hofiz va pedagog Fattoxon Mamadaliev 1923 yilda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug’ilgan. Yosh Fattoxon o’rta maktabda o’qib yurgan kezlarida sozanda Zokirjon To’raev sinfdan olib chiqib, uning qo’liga dutor tutqazib, san’atga mehr uyg’otdi. Skripka, kamon chalishni esa mashhur skripkachi Mo’minjon Karimovdan o’rgandi. 

Namanganlik usta Ro’zimatxon Isaboev o’zi yasagan tamburini unga taqdim qilib: «Hofiz tanbur bilan o’qishi kerak», deb maslahat berdi. Birinchi ustozlarining bergan o’gitlari uning kelajakda, hayotda va san’atda o’z o’rnini topishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

1963 yilda Andijon Davlat institutining tarix fakultetini tamomlaydi. Talabalik kezlaridayoq Andijondagi Y. Oxunboboev nomidagi teatrda va o’zi o’qiyotgan institutda mehnat faoliyatini boshlaydi. Respublikada 2-maqomchilar ansamblini tuzib, endi elga tanila borayotgan bir paytda, uni Toshkent Davlat konservatoriyasiga ishga taklif qilishdi.

«Sharq darvozasi» deb atalmish Toshkentdek azim Shahar ulkan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazda yashash, ishlash hamda taniqli fan, madanyyat, san’at arboblari bilan ijodiy muloqotda bo’lish, F. Mamadalievning katta ijodiy balog’atga erishishida, san’atda yuksak cho’qqilarga parvoz etishida, keng madaniy jamoatchilikka tanilishida asosiy omil bo’ldi.

U 1985-1999 yillarda Toshkent Davlat konservatoriyasida ustoz-murabbiy sifatida qizg’in faoliyat ko’rsatib, Hurriyat Isroilova, Mashrab Ermatov, Erkin Ro’zmatov; Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Maysara Imomova, Azamat Otajonov, Bobir Yo’ldoshev va boshqa iste’dodlarni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Ilmiy-uslubiy asarlar yaratib, «Sharq, o’zbek sozlarining sozlanishi», «Aruz, zarb va musiqa mutanosibligi» kabi o’nlab maqolalar yozdi. 

O’zbekiston Teleradiokompaniyasi qoshidagi maqomchilar ansamblida maslahatchi sifatida ishlab, O’zbekistonda birinchi bo’lib, 7 qismli “Miskin” turkumli maqomini, Toshkent Davlat konservatoriyasidagi shogirdlari bilan 5 qismli «Munojot» turkumini, Teleradio maqomchilar ansambli bilan esa birinchi marta 8 qismli «Ushshoq», 4 qismli «Nasrulloi» turkumlarini yaratib, ularni magnit tasmalariga tushirdi. 

Bu musiqa asarlari asosida respublikamiz televideniyasida maxsus ko’rsatuvlar qilindi.
F. Mamadalievning dilga orom beruvchi mumtoz qo’shiqlarini tinglab lol qolmagan, ulardan zavq olmagan san’at muxlislari kamdan-kam topiladi. Mang’it lentalariga muhrlaigan dilbar ashulalari esa Toshkent radiosi orqali shinavandalarga yetib bormoqda.

Ko’pqirrali ijod sohibi F. Mamadaliev Navoiy, Muqimiy. Nodira, Furqat, Ogahiy, Ulfatiy, Vohid Abdulla, Vosit Sa’dulla, Olimjon Xoldor kabi shoirlarning yetmishga yaqin g’azallariga musiqa bastaladi. U tolei baland ijodkor sifatida Habibiy, Sobir Abdulla, Anisiy, Ulfatiy, Vohid Abdulla, Vosit Sa’dulla va boshqa olimu shoirlar davrasida bo’lib, g’azal sirlarini o’rgandi. 

Yunus Rajabiy, Muhitdin hoji Najmitdinov, Qomiljon Jabborov; G’anijon Toshmatov, Jo’raxon Sultonov, Qodirjon Oxunov kabi ustoz san’atkorlardan ta’lim oldi. Bularning barchasi uning shaxs, ijodkor va ustoz-murabbiy sifatida komillikka erishishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

F. Mamadaliev dunyo ko’rgan, jahongashta ijodkor hamdir. U AQSH, Hindiston, Italiya, Bolgariya, Malayziya kabi mamlakatlarda ijodiy safarlarda bo’ldi.
Taniqli bastakor, hofiz, g’azalnavis va ustoz-murabbiy F. Mamadalievning o’zbek maqomi va qo’shiq san’atining ravnaqidagi xizmatlari munosib taqdirlandi. 

U «O’zbekiston xalq hofizi» unvoniga sazovor bo’ldi. Uzbekiston Respublikasi mustaqilligining 7 yilligi munosabati bilan «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi. F.Mamadaliev 1999 yilda Toshkent shahrida vafot etdi

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/mamadaliev_fattoxon_
Sayt foyda berdi!
87435 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi